MAXFIYLIK SIYOSATI

Shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish va shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash bo'yicha ushbu siyosat (keyingi o'rinlarda -- "siyosat" deb yuritiladi). Internetdagi www.2plus6.uz veb-saytida va «Yonda» mobil ilovada (keyingi o'rinlarda -- "ilova" deb yuritiladi) joylashtirilgan barcha ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi. Ilovadan foydalanuvchilar va unga tashrif buyuruvchi boshqa foydalanuvchilar ilovadan, uning xizmatlaridan, dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish jarayonida o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni bilib olishlari mumkinligi anglab yetadilar.

Ilova xizmatlaridan foydalanish foydalanuvchining ushbu siyosatga va unda ko'rsatilgan shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash shartlariga so'zsiz roziligini anglatadi. Ushbu shartlarga rozi bo'lmagan taqdirda, foydalanuvchi ilova xizmatlaridan foydalanishdan voz kechishi kerak.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu siyosat doirasida foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari quyidagilarni anglatadi:

1.1.1. Ro'yxatdan o'tish (profil yaratish) yoki ilovadan foydalanish jarayonida foydalanuvchi o'zi haqida mustaqil ravishda taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlar, shu jumladan, foydalanuvchining O'zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa shaxsiy ma'lumotlari.

1.1.2. Ilovaning ma'muriyati (keyingi o'rinlarda -- "ma'muriyat" deb yuritiladi) foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirmaydi va ularning huquqiy layoqatini nazorat qilmaydi. Shu bilan birga, ma'muriyat foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish shaklida taklif qilingan masalalar bo'yicha ishonchli va yetarli darajada shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etilishini va bu ma'lumotlarning o'z vaqtida yangilab turilishini talab qilishga haqli. Noto'g'ri ma'lumotlarni taqdim etish xavfi va uning natijasida kelib chiqadigan barcha texnik va huquqiy oqibatlar uchun shaxsiy mas'uliyat va javobgarlik, uni taqdim etgan foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

1.1.3. Mazkur siyosat faqat www.2plus6.uz veb-sayti va «Yonda» mobil ilovasi uchun amal qiladi. Ma'muriyat, foydalanuvchi www.2plus6.uz veb-saytida va «Yonda» mobil ilovasi sahifalarida mavjud bo'lgan havolalardan foydalanishi mumkin bo'lgan uchinchi shaxslarning veb-saytlarini nazorat qilmaydi va ular uchun javobgar emas.

2. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashning maqsadlari

2.1. Ilova shaxsiy ma'lumotlarni quyidagi maqsadlarda to'playdi va saqlaydi:

2.2.1. Ilovaning barcha mavjud xizmatlaridan foydalanish uchun ilovada ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchining identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi.

2.2.2. Foydalanuvchiga ilovaning shaxsiylashtirilgan resurslariga kirishni ta'minlash.

2.2.3. Foydalanuvchi bilan fikr-mulohazalarni o'rnatish, shu jumladan, xabarnomalarni yuborish, ilovadan foydalanish bo'yicha so'rovlar, foydalanuvchining so'rovlari va uning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash.

2.2.4. Ilova sifatini oshirish, foydalanish qulayligi, yangi xizmatlar va xizmatlarni rivojlantirish.

2.2.5. Ilovada ro'yxatdan o'tgan, «2+6» dasturiga muvofiq foydalanuvchilarga (yoshlarga) subsidiya ajratilishi bilan bog'liq jarayonlarda shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash, shu jumladan o'quv markazlarida tahsil olayotgan foydalanuvchilarning (yoshlarning) darslarga qatnashgani (davomat)ni kunlik elektron nazorat qilish.

2.2.6. Ilovada ro'yxatdan foydalanuvchi bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishgan o'quv markazlarining reytingini shakllantirish.

2.2.7. Reklama faoliyatini amalga oshirish.

2.2.8. O'zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish, ularni yig'ish, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, to'ldirish, egasizlantirish, uzatish, tarqatish va yo'q qilish.

3. Foydalanuvchilarning qanday shaxsiy ma'lumotlari yig'iladi

3.1. Ilovada faqatgina shaxsiy ma'lumotlar to'planishi kerak, bu foydalanuvchini identifikatsiya va avtorizatsiya qilish, u bilan aloqa o'rnatish, texnik qo'llab-quvvatlash va foydalanuvchilar (o'quv markazlari) hamda boshqa ishtirokchilar o'rtasida o'zaro fikr-mulohazalar almashish imkoniyatini beradi.

3.1.1. Foydalanuvchining roziligi bilan ilova quyidagi ma'lumotlarni oladi:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • telefon raqami;
  • yashash manzili;
  • e-mail va telegramm manzili;
  • foydalanuvchiga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
  • foydalanuvchining anatomik va fiziologik o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsiy biometrik ma'lumotlari;
  • hamma foydalanishi mumkin bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar.

Ba'zi ma'lumotlar ilova xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi qurilmasida o'rnatilgan dasturiy ta'minot yordamida avtomatik ravishda uzatiladi, jumladan:

  • IP manzil;
  • Cookie ma'lumotlari;
  • foydalanuvchining brauzeri (yoki ilova resurslariga kirishni ta'minlaydigan boshqa dastur) haqidagi ma'lumotlar;
  • foydalanuvchi tomonidan foydalaniladigan apparat va dasturiy ta'minotning texnik tavsiflari;
  • ilova resurslariga kirish sanasi va vaqti;
  • so'ralgan sahifalar manzillari.

4. Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish tartibi

4.1. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlar ilova resurslarida identifikatsiya va avtorizatsiya qilish, bildirishnomalarni yuborish va u bilan fikr-mulohaza almashish shu jumladan, «2+6» dasturiga muvofiq foydalanuvchilarga (yoshlarga) subsidiya ajratilishi bilan bog'liq jarayonlarda shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash, o'quv markazlarida tahsil olayotgan foydalanuvchilarning (yoshlarning) darslarga qatnashgani (davomat)ni kunlik elektron nazorat qilish uchun ishlatiladi.

5. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash va uni uchinchi shaxslarga berish shartlari

5.1. Ilova o'zining ichki qoidalariga muvofiq foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini saqlaydi, ularga ishlov beradi va tarqatadi.

5.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga nisbatan uning maxfiyligi saqlanadi, bundan amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan va foydalanuvchi o'zi haqidagi ma'lumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga umumiy kirish uchun ixtiyoriy ravishda taqdim etgan hollar bundan mustasno.

5.3. Ilova quyidagi hollarda foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga berish (tarqatish) huquqiga ega:

5.3.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga rozi bo'lsa.

5.3.2. Shaxsiy ma'lumotlarni berish (tarqatish) foydalanuvchining ma'lum bir xizmatdan foydalanishi yoki foydalanuvchi bilan muayyan kelishuv yoki shartnomani bajarishi uchun zarur bo'lsa.

5.3.3. Belgilangan tartibda shaxsiy ma'lumotlarni berish (tarqatish), uzatish qonunchilik hujjatlarida ko'zda tutilgan bo'lsa.

5.3.4. Foydalanuvchi ilovadagi shaxsiy ma'lumotlari orqali tranzaktsiyalarni amalga oshirgan taqdirda bunda, to'lov tashkiloti (ekvayring) o'zi olgan shaxsiy ma'lumotlarga nisbatan ushbu siyosat shartlariga rioya qilish bo'yicha barcha majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi.

5.3.5. Foydalanuvchi tomonidan ilovadan foydalanish shartlarini buzgan hollarda ma'muriyat yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini ta'minlash maqsadida.

5.4. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish hech qanday qonuniy yo'l bilan, shu jumladan, avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda shaxsiy ma'lumotlarning axborot tizimlarida yoki bunday vositalardan foydalanmasdan muddatsiz amalga oshiriladi. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga ishlov berish O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi «Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida»gi O'RQ-547-son qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

5.5. Shaxsiy ma'lumotlar yo'qolgan yoki qonunga xilof ravishda oshkor qilingan taqdirda, ma'muriyat foydalanuvchiga shaxsiy ma'lumotlarning yo'qolishi yoki oshkor etilishi haqida xabar beradi.

5.6. Ma'muriyat foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini ruxsatsiz yoki tasodifiy kirish, yo'q qilish, o'zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek, uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko'radi.

5.7. Ma'muriyat foydalanuvchi bilan birgalikda foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarining yo'qolishi yoki qonunga xilof ravishda oshkor etilishi natijasida yuzaga keladigan yo'qotishlar yoki boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.

6. Shaxsiy ma'lumotlarni o'chirish (yo'q qilish) shartlari

6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda ilova resurslaridan foydalanishni to'xtatish va o'zi yaratgan profilini o'chirish huquqiga ega. Buning uchun ilovada profil bo'limiga o'tib, "profilni o'chirish" tugmasini bosishi kerak.

6.2. Ma'muriyat foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini quyidagi hollarda yo'q qilish (shaxsga doir ma'lumotlarni tiklash imkoni bo'lmay qoladigan harakatlarni amalga oshirishga) haqli:

6.2.1. Ilovada shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganda;

6.2.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;

6.2.3. Sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.

7. Tomonlarning majburiyatlari

7.1. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:

7.1.1. Ilova resurslaridan foydalanish, shuningdek «2+6» dasturiga muvofiq foydalanuvchilarga (yoshlarga) subsidiya ajratilishi bilan bog'liq jarayonlarda shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash (ishlov berish), o'quv markazlarida tahsil olayotgan foydalanuvchilarning (yoshlarning) darslarga qatnashgani (davomat)ni kunlik elektron nazorat qilish uchun zarur bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarni berish.

7.1.2. Shaxsiy ma'lumotlar yoki ularning bir qismi to'g'risidagi taqdim etilgan ma'lumotlarni o'z vaqtida yangilash, to'ldirish, o'chirish, agar ushbu ma'lumotlar o'zgargan bo'lsa.

7.1.3. Foydalanuvchi voyaga yetmagan shaxs bo'lsa ilovada ishlov beriladigan shaxsiy ma'lumotlari uchun ota-onasi (vasiy, homiy) bilan birgalikda, ushbu siyosat bilan tanishib ular ruxsati bilan elektron hujjat tarzda ilova orqali rozilik berish.

7.2. Ma'muriyat quyidagilarga majburdir:

7.2.1. Olingan ma'lumotlardan faqat ushbu siyosatida ko'rsatilgan va O'zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchiligiga muvofiq keladigan maqsadlar uchun foydalanish.

7.2.2. Maxfiy ma'lumotlar lozim darajada saqlanishini, shuningdek ularni foydalanuvchining ruxsatisiz oshkor qilinmasligini ta'minlash, ushbu siyosatda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

7.2.3. Mavjud biznes operatsiyalarida ushbu turdagi ma'lumotlarni himoya qilish uchun odatda qo'llaniladigan jarayonlarga muvofiq foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlarining maxfiyligini himoya qilish uchun ehtiyot choralarini ko'radi.

7.2.4. Noto'g'ri shaxsiy ma'lumotlar yoki qonunga xilof hatti-harakatlar aniqlangan taqdirda, foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili yohud vakolatli organ murojaatiga asosan foydalanuvchiga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni muayyan muddatga bloklash.

8. Qo'shimcha shartlar

8.1. Ma'muriyat foydalanuvchining roziligisiz ushbu maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar kiritishga haqli.

8.2. Yangi maxfiylik siyosati, agar maxfiylik siyosatining yangi versiyasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, u ilovada yoki saytda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

8.3. Ushbu maxfiylik siyosati bo'yicha foydalanuvchining barcha e'tirozlari, takliflari yoki savollari ma'muriyatga yozma ravishda xabar berilishi kerak.

8.4. Joriy maxfiylik siyosati quyidagi sahifada joylashtirilgan: www.2plus6.uz

Ma'muriyat:

«YONDA» MChJ

Toshkent shahri, Yunusobod tumani

"Iftixor" MFY, Iftixor ko'chasi, 1-uy

Hisob raqami: 2020 8000 8070 9409 3001

AKB "Hamkorbank" bosh ofisi

MFO: 00083

OKED: 62090

STIR: 311413341

Telefon: +998 93 566 66 65

Direktor: L.S.Babadjanova

27.12.2025