Ommaviy Oferta - YONDA MChJ

OMMAVIY OFERTA

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu oferta (shartnoma) "YONDA" MCHJ (keyingi oʻrinlarda – Kompaniya) tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillariga o'qitish) bo'yicha Foydalanuvchi tomonidan 2+6 dasturiga muvofiq "yonda" ilovasi orqali tanlangan yo'nalishdan kelib chiqib unga xizmat ko'rsatish boʻyicha shartnoma tuzish taklifidir.

1.2. Ushbu oferta Foydalanuvchilarni (jismoniy shaxslarni) roʻyxatdan oʻtkazish, identifikatsiya qilish va tasdiqlash tartibini, "Yonda" ilovasida elektron Shartnomalar tuzish tartibini belgilaydi, shuningdek, Foydalanuvchi va Ilova oʻrtasidagi shu orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Mazkur oferta, shuningdek, kurslarning oldi-sotdi munosabatlarini, ya'ni Foydalanuvchi tomonidan kursni xarid qilish va ilova tomonidan uni taqdim etish jarayonlarini ham tartibga soladi.

1.3. Ushbu oferta bilan tartibga solinmagan biroq, ish muomalasi odatlariga taalluqli sohaga oid munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonun, "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonun, "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktyabrdagi "Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish hamda oʻquv markazlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 632-son qarori 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan "Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom", Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan "Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari" va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

2. ASOSIY TUSHUNCHALAR

Aksept - Foydalanuvchi tomonidan kurslar uchun toʻlov amalga oshirilganida ushbu Oferta shartlariga shartlarsiz rozilik bildirishni va taraflar o'rtasida shartnoma tuzilganini anglatadi.

Shaxsiy kabinet – Foydalanuvchining foydalanuvchi hisobi va maʼlumotlarini boshqarish uchun ajratilgan, veb-sayt yoki mobil ilova orqali kirish mumkin boʻlgan maxsus akkaunt.

"Yonda" ilovasi (ilova) – Kompaniya ta'lim xizmatlarini ko'rsatadigan, o'quv kurslariga, xizmatlarning funksiyalariga va shartnomada nazarda tutilgan boshqa imkoniyatlarga kirishni ta'minlaydigan dasturiy ta'minot hisoblanadi.

Xizmatlar – Foydalanuvchiga "Yonda" ilovasi orqali taqdim etiladigan funksiyalar va imkoniyatlar (kurslar).

Foydalanuvchi – ilovaga kiruvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy shaxsni anglatadi.

Operator/to'lov tashkiloti – "MULTICARD PAYMENT" Mas`uliyati cheklangan jamiyati - to'lov ma'lumotlarini qabul qilish, qayta ishlash va uzatish orqali to'lov operasiyalarini amalga oshiruvchi tashkilot.

3. SHARTNOMA PREDMETI

3.1. Foydalanuvchining murojaatiga binoan, Kompaniya o'zi tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillariga o'qitish) bo'yicha Foydalanuvchi tomonidan 2+6 dasturiga muvofiq "yonda" ilovasi orqali tanlangan yo'nalishdan kelib chiqib unga xizmat ko'rsatadi.

3.2. Foydalanuvchi shartnoma imzolash vaqtida 16-30 yoshda bo'lsa u bevosita "Foydalanuvchi" sifatida, agarda 16 yoshgacha bo'lsa uning ota-onasi yoki qonuniy vakili "Foydalanuvchi" o'zi esa "O'quvchi" sifatida belgilanadi va uning ma'lumotlari kiritiladi.

3.3. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng, Foydalanuvchi shaxsiy kabinetida toʻlov usulini, kurs va xizmat ko'rsatish joyini tanlashi, obuna shartlarini koʻrib chiqishi va talab qilinadigan maʼlumotlarni toʻldirishi kerak.

4. ROʻYXATDAN OʻTISH TARTIBI

4.1. "Yonda" ilovasida harakatlarni amalga oshirish va xizmat(lar)ni sotib olish uchun Foydalanuvchi dastlab www.yonda.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak.

4.2. Boshlanishida Foydalanuvchi "Yonda" ilovasiga o'ziga tegishli plastik bank kartasi ulangan mobil telefon raqamini kiritishi va tegishli maydonda telefon raqamini tasdiqlash uchun SMS orqali olingan noyob kodni kiritishi shart.

4.3. Foydalanuvchi sms tasdiqlovni olganidan so'ng, shaxsiy va boshqa ma'lumotlariga ishlov berish hamda saqlash bo'yicha siyosati bilan, shuningdek, elektron tijorat orqali o'quv kurslarini sotib olishga oid Ommaviy oferta bilan tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi.

5. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Kompaniyaning huquqlari

5.1.1. Foydalanuvchi tomonidan belgilangan tartibda majburiyatlar bajarilmagan taqdirda 5 (besh) kun ichida oldindan xabar berish sharti bilan xizmat ko'rsatishni to'xtatish.

5.2. Kompaniyaning majburiyatlari

5.2.1. Dars bo'yicha bo'ladigan xolatlar (past o'zlashtirish va h.k)larni muntazam muhokama qilib boradi.

5.2.2. Darslarda foydalanadigan darsliklarni tegishliligini kafolatlaydi ammo Foydalanuvchining darsini o'zlashtirishi bo'yicha kafolat bermaydi va javobgar deb hisoblanmaydi.

5.2.3. Har bir daraja oxirida o'tish testlarini tashkil etish.

5.2.4. Darslarni o'tish bo'yicha, sanitar va gigena talablariga hamda ta'lim jarayoniga qo'yilgan talablarga javob beradigan jihozlangan o'quv xonalari bilan ta'minlab berish.

5.2.5. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan o'quvchilarning davomatini doimiy kuzatish imkonini beruvchi maxsus QRkodni aniq va barcha uchun qulay joyga joylashtirish hamda o'quvchilarning darsga kelish va ketish jarayonida davomatdan o'tishini nazorat qilish.

5.2.6. Platforma orqali 2+6 dasturida tahsil olayotgan yoshlarning dars jadvallarni doimiy yangilab borish hamda o'zgarishlar kiritilgan taqdirda YIA adminga ma'lumot taqdim etish.

5.3. Foydalanuvchining majburiyatlari

5.3.1. Ta'lim muassasining ichki tartib qoidalariga va mazkur oferta shartlariga rioya qilishi.

5.3.2. Dars jadvaliga muvofiq darslarga kelish va ketishda belgilangan davomat tizimidan majburiy o'tishi. Bunda, dars jadvaliga muvofiq boshlanish vaqtidan 20 daqiqa oldin davomat tizimi ishga tushadi va tizim 40 daqiqagacha faol holatda bo'ladi, shuningdek dars tugash vaqtidan 20 daqiqa oldin davomat tizimi ishga tushadi va tizim 40 daqiqagacha faol holatda bo'ladi.

5.3.3. Belgilangan muddatda va miqdorda Kompaniyaga xizmatlar uchun dastlabki 2 oy uchun to'lovlarni "Yonda" ilovasi orqali amalga oshirish.

5.3.4. Belgilangan jadvalga muvofiq darslarga borish imkoni bo'lmaganda bu haqda dars boshlanishidan kamida 2 soat oldin Kompaniyani ogohlantirishi.

5.3.5. Foydalanuvchi yoki o'quvchi tomonidan Kompaniyaga yetkazilgan zarar uchun to'liq moddiy javobgarlikni o'z zimmasiga olish.

5.3.6. O'quv rejalari va dasturda keltirilgan vazifalarni shu jumladan uy vazifalarini o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish.

5.3.7. O'quv nizomi va umumiy tarbiya normalariga rioya qilishi, xususan pedagogik, ma'muriy, xo'jalik va boshqa ishchi xodimlarga hamda boshqa o'quvchilarning shanini va qadr-qimmatiga putur yetkazmaslik.

5.3.8. Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya qoidalariga rioya qilish.

5.4. Foydalanuvchining huquqlari

5.4.1. Kompaniyadan xizmatlarni lozim darajada va sifatli ko'rsatishni tashkil etishni talab qilish.

5.4.2. Foydalanuvchi (O'quvchi) darslarni sababli tarzda o'tkazib yuborgan taqdirda unga joriy kunda o'tilgan dars bo'yicha barcha ma'lumotlarni yetkazish, shuningdek yordamchi o'qituvchini (kelishuvga asosan) biriktirish kabi xizmatlardan foydalanish.

5.4.3. Ta'lim tizimi va o'quv jarayonini tadbirga soluvchi darsliklar bilan tanishish.

5.4.4. O'zlashtirgan bilimlar bahosi va ushbu baholarning samaradorligi haqida to'liq ma'lumot olish.

5.4.5. Dars davomida Kompaniyaga tegishli bo'lgan o'quv jarayonini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan mol-mulkdan foydalanish.

5.4.6. O'quv jarayonida va mazkur shartnoma shartlari bo'yicha nizom faoliyatini bajarilishini talab qilish.

6. TOʻLOV TARTIBI VA KURS NARXI

6.1. O'quv kursining narxi tanlangan kursga bog'liq bo'lib ilovada ko'rsatiladi. Bunda, o'quv kursining davomiyligi ko'pi bilan 8 oygacha bo'lib, dastlabki 2 oy Foydalanuvchi tomonidan, qolgan 6 oygacha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to'lab beriladi.

6.2. Ko'rsatilgan xizmat uchun to'lovlarni Foydalanuvchi (o'quvchi) dastlabki 2 oyligini o'quv kursi boshlagandan 3-darsgacha oldindan 100 (yuz) foiz to'lovni amalga oshiradi. Shartnoma shartlariga muvofiq qolgan 6 oygacha to'lov YIA tomonida o'quvchining davomatidan kelib chiqib keying oyning 10-sanasiga qadar amalga oshiladi.

6.3. Belgilangan to'lov miqdori darslarni uchinchi kunigacha amalga oshirilmagan bo'lsa u holda Kompaniyaning tashabbusi bilan mazkur shartnoma avtomatik ravishda bekor qilingan hisoblanadi.

6.4. Dastlabki 2 oy davomida Foydalanuvchilarning darslarga qatnashganligi bo'yicha kunlik monitoring tizimda aks etishi shart.

7. XIZMATLARDAN VOZ KECHISH TARTIBI

7.1. Agar Foydalanuvchida kurs boʻyicha taqdim etilgan xizmatlarga nisbatan eʼtirozi boʻlsa, u kurslardan foydalanish uchun ilovaga kirish huquqi taqdim etilgan vaqtdan boshlab bu haqida 5 (besh) kalendar kun ichida Kompaniyaga xabar berishi kerak.

8. FORS-MAJOR HOLATLARI

8.1. Taraflar mazkur ofertani imzolagan kundan boshlab o'z majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajarmaganliklari sababli noaniq bir kun (fors-major) oqibatida yuzaga kelsa javobgarlikdan ozod etiladilar.

8.2. Ofertada ko'rsatilgan fors-major holatlari quyidagilar: Harbiy harakatlar, ish tashlashlar, yong'in, suv toshqinlari, zil-zila, tabiiy ofatlar va karantin cheklovlari.

8.3. Taraflar mazkur oferta bo'yicha uchinchi shaxslarga boshqa tarafning yozma roziligisiz huquq va majburiyatlarni o'tkazishga haqli emas.

9. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

9.1. Mazkur oferta hamda uning shartlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik taraflar tomonidan O'zbekiston Respubliksi amaldagi qonun hujjatlarida berilgan javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.

9.2. Taraflar mazkur oferta bo'yicha o'z majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajarmaganliklari sabablari fors-major oqibatida yuzaga kelsa javobgarlikdan ozod etiladilar.

10. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

10.1. Mazkur oferta boʻyicha vujudga kelishi mumkin boʻlgan barcha nizo va kelishmovchiliklar taraflar tomonidan oʻzaro muzokaralar oʻtkazish orqali hal etiladi.

10.2. Agar nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish imkonsiz boʻlsa yoki taraflar biror kelishuvga erisha olmasalar taraflar nizoni hal qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Kompaniya joylashgan manzil bo'yicha sudga murojaat etishlari mumkin.

11. YAKUNIY QOIDALAR

11.1. Ushbu oferta shartnomasi eʼlon qilingan sanadan boshlab, ikkinchi taraf uchun aktsept qilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amal qiladi.

11.2. Ushbu shartnomaga qilinadigan barcha ilovalar, qoʻshimchalar va oʻzgarishlar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

12. KOMPANIYANING REKVIZITLARI

«YONDA» MChJ

Toshkent shahri, Yunusobod tumani,

"Iftixor" MFY, Iftixor ko'chasi, 1-uy

h/r: 2020 8000 8070 9409 3001

ATB "Hamkorbank" Bosh ofisi

MFO: 00083, IFUT: 62090, STIR: 311413341

Tel: +998 93 566 66 65

Direktor

______________ L. Babadjanova